avatar
Куч
218.34
Рейтинг
+83.48

Gulchehra Niyozova

Мақолалар

Qarisi bor uyning parisi bor...

Блог им. gulchehrabonu









 






  Haqiqatdan ham uyimizning farishtasi qariyalarimiz.Ular doimo bizni duo qilib o'tiradigan nuroniylarimiz bo'lishadi.Afsuslar bo'lsinkim,ayrimlar buni tushunib yetmaydi.Buni hali ota-onasi tirik bo'lganlarni ko'pchiligi anglab yetmaydi.Qariyalarimiz bizdan faqat mehrdan boshqa hech nima kutishmaydi.Mehrimizni oz bo'lagi ularga qanchalik xursandchilik olib kelishini bilishmaydi.Ularga birgina shirin so'zimizning o'zi yetadi.
 Men qariyalar uyiga yaqin joyda yashayman.O'qishga borganimda qaytganimda o'sha yo'ldan o'taman.Ko'zim qariyalar uyidagi hovli o'rindiqlarida o'tirgan,ko'zlari yo'lga tikilgan mehrga tashna qariyalarga ko'raman.To'g'ri qariyalar uyida turli millat vakillari bor.Lekin bu qariyalar ichida o'zbek qariyalariga ham ko'zim tushdi.Ular soni ko'paygandan ko'payib aslo,kamayotgani yo'q.Nahotki,o'zbek millatida ham bunday hol kuzatilayapti.Bizlarda ham ota-onaga nisbatan mehr oqibat qolmayotgan bo'lsa,Nahot ularning keyingi hayotilari qiziqtirmasa,bu juda ham achinarli. 

Musaffo tong

Блог им. gulchehrabonu

 Erta turib tongni ko'rdim
 Oqshom ro'moli boshida.
 Ufq kiygan zar palak,
 Bahor yashnaydi qoshida.


       Naqadar mohirona o'xshtish.Chindan ham tong shunchalar musoffoki,qalbni quvontiradi.Sekin-asta otayotgan tongning zarin nurlari hamma yoqda sochilib turibdi.Tong qaysi fasldan bo'lishidan qatiy nazar har tong biz erta tongning mayin havolaridan nafas olamiz.Tong go'zalligi sizni o'ziga oshno etadi.Tunning sokinligiga yakun yasab hammani uyg'otadi.Avvalo,insonlarga tonggi o'z kuch-g'ayratini inom etadi.Har kuni keladigan tong insonga yangi kun yangi hayotni tarannum etib keladi.Siz ham tongni shunday kutib olinki,u sizni hayot kunlaringizni qanday o'tishini belgilasin.E'tibor bering bir tomonda qushlarning sayrashi.Tongning havosi ham shunchalar mayin,toza.Tong-unda o'zgacha nafislik mujassam.Tongni qanday qarshi olsang kuning ham shunday otadi .Keling yangi kunni biz quvonib qarshi olaylik.O'tayotgan kunimizning hech bir oni qaytmaydi.      

Samarqand havolari

Блог им. gulchehrabonu
  Azim shahar Samarqand kundan-kunga go'zallashib bormoqda.Ammo havollari haliyam o'sha o'sha o'zgacha nafis.Kuz kelgani uchun bu yerda ham havo ancha sovib qolgan.Hamma yoqda hazon rezgi oltin rangga burkangan.Samarqand yer yuzining sayqali bo'lgani uchun ham u yerdan qishin-yozin turistlarning keti uzilmaydi.Har qadamda ularning bu azim shaharga qaratilgan hayratomuz nigohlarini ko'rishingiz mumkin.Bir tadbir munosabati bilan yaqinda ochilgan «Samarqand restorani»da yaqinlarim davrasida bo'ldim.Bu restorannig menga yoqqan tarafi tarixiy qilib qurilgani,hodimlarining ham o'zbekona kiyimda ekanligi meni o'zga tortdi.Kasbiy qiziqishim ustun kelib hamma yerni kuzatdim.Ayniqsa,Golandiyadan kelgan mehmonlar shu qadar mazza qilib,raqs tushishar ediki, huddi bir boshqa olamga tuahib qolgandek.Bu mehmonlar ham tarixiy Samarqandimizni dovrig'ini eshitib kelishgan ekan.Ular shunchalar xursand edi-ki,taralayotgan navo kuyiga hoh. u xorijiy,hoh o'zbekona bo'lsin ular miriqib raqsga tushar edilar.Ulardagi ko'tarinki kayfiyat hammaga ta'sir qildi.Deyarli o'sha yerdagi hamma raqsga tushdi.

    Al Buxoriy ziyoratgohi ham har doimgidek odamlar bilan gavjum.Har safar kelsam bu yerni ziyorat qilmasdan ketmayman.Bu ziyoratgoh ham har doimgidek chet-ellik mehmonlar nigohida.Al Buxoriy muzeyida bo'lganimda Kaba po'shtga va har xil musulmon davlatlari yurtboshimizga taqdim etgan Quronu karim qo'lyozmalarga ko'zim tushdi.Eshitishimga qaraganda bu yil ham Kaba po'sht yechilar ekan.Ko'ramiz bu yilgisi qaysi musulmon davlatga sovg'a qilinadi.Bu-qiziq! 

Ziyonet axborot ta'lim tarmog'i

Блог им. gulchehrabonu
  Mana ziyonet o'z faoliyatini boshlaganiga 7 yil bo'libdi-ki,natija yomon emas.U O'zbekistondagi birinchi masofaviy o'quv tarmog'i hisoblanadi.Yildan-yilga uning rivojlanib borayotganini kuzatib kelyapman.U o'z tarmoqlari faoliyatini kengaytirib kelmoqda.Uning ham o'z oldiga qo'ygan maqsadlari bor.Ziyonet mamlakatimiz o'quv tizimini kuchaytirishda eng samarali tarmoq bo'lib,yurtimizdagi yosh iste'dodlarni aniqlab olishda ular orqali esa juda ko'p narsalarga erishishimiz mumkin deb hisoblayman.Kelajakda chet el universitetlari kabi masofaviy ta'lim yo'lga qo'yilishiga ishonaman.Ziyonet tarmog'i Necha yosh bo'lishlariga qaramay o'z istedodlarini nomoyon etish uchun juda ham qulay tarmoq hisoblanadi.Bu tarmoqda a'zo bo'lganlar o'zlarining maqola,videorolik va o'z qiziqishlari,taassurotlarini do'stlari bilan almashishlari mumkin.

   Shuningdek,bu tarmoqqa a'zo bo'lganlar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochiladi.Birinchi navbatda o'zlarining pochtalariga ega bo'lishadi.Har xil tanlov to'garaklarning qachon qayerda bo'lishi haqida aniq ma'lumotlarga ega bo'lishadi.Tanlovlar ishtirokchisi sifatida har safar qatnashib borish imkonyatiga ham ega bo'ladilar.Ziyonet tarmog'idan foydalanishni  xoxlaganlaralbatta, ID.uz ro'yhatidan o'tishlari kerak bo'ladi. 

Davr soyasining qurboni yoxud "Rustam" spektakli xususida

Блог им. gulchehrabonu



«Rustam» spektakli O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist davlat mukofoti sovrindori Turg'un Azizov hamda Zamira Ahmedova tomonidan sahnalashtirilgan bo'lib, dramaturg Umarjon Ismoilov qalamiga mansub. Spektakl bosh qahramoni Rustamni taqdir hamma sinovlarida sinab ko'rishni xohlagandek, dunyoning barcha jabr- zulmlarini u tortishga mahkumdek Rustamning boshiga ancha ayanchli taqdirni bitadi.Hamma davrda ham insonlar tabaqalarga ajratib kelingan. «Rustam» spektaklida ana shunday voqea -hodisalarni qay tarzda bo'lib o'tganligini tomosha qilasiz. Bu spektaklda Rustam obrazidan tashqari Qumrihon,Boyto'ra,Zebihonim,Muhabbat yana bir qancha  obrazlarini hayotini ko'rasiz.

Teatrning shaddod aktrisasi - Muqaddas Holiqova bilan suhbat (2)

Блог им. gulchehrabonu

  — Siz o'zingizni qaysi insonlar toifasiga kiraman deb hisoblaysiz?Masalan,hayot umr yo'lida bir xil odamlar doim orqasiga qaraydi.Nima ish qildim?.Mana shunday ishlarni amalga oshirayapman«deydi-da,arosatda qolib ketadi.Ba'zilari bugungi kun bilan yashashadi.Bir xil odamlar bor faqat oldinga intiladi,orqasiga qaramaydi.

-Men orqamga ham qarayman,oldimga ham qarayman.Nega?Orqamga qarab xursand bo'laman.Shuncha zahmatli kunlarni o'tkazdim.Aytishadi-ku,»Eski chorig'ingni unutmagin,eshigingni tepasiga osib qo'ygin«deb.Mana shu aqidaga amal qilaman.Chunki,bu omad,mashhurlik,boylik hammasi vaqtincha.Hayot Sakkizlik emas.Bu narsani hammasining sarhisobi bor.Shuning uchun ham hozir birdan mansabga erishgan odam mansabdor bo'lib,»kiring,chiqing"-deb mulozamat qilishadi.Mansab ham vaqtinchalik.Chunki yosh o'zgaradi,fikr o'zgaradi.Aytmoqchiman-ki,san'at yo'lida o'zini ushlasa,o'sha san'atini yo'lidan yursa,bir tekis ketaveradi.Ya'ni san'atini davom ettirishi kerak.Mashhurlikni qo'ldan boy berish kerak emas.San'atkorni yutug'i-shunda deb bilaman.

Teatrning shaddod aktrisasi - Muqaddas Holiqova bilan suhbat (1)

Блог им. gulchehrabonu

    Muqaddas Holiqova 1960-yil 14-apreldaToshkent shahrida tug'ilgan. 1977-yili Toshkent Davlat san'at instituti «Teatr va kino»aktyorligi fakultetiga o'qishga kirib, 1981-yili o'qishni muvaffaqiyatli tugatgan. Shu yili O'zbek Milliy Akademik drama teatriga,aktirisa sifatida,ishga qabul qilindi. Muqaddas Holiqova san'atdagi ijodining dastlabki yillaridan to shu kunga qadar,takrorlanmas obrazlar yaratib,teatrning yetuk aktrisalaridan biriga aylandi.
  U Hamzaning «Boy ila xizmatchi»sida Poshshaoyim,F.Musajonovning «Najot istab»ida qaynona,«Avg'on reportaji»da jurnalist,«Tuhmat»da qizil tanli,Karlo Gatssininig «Baxtli gadolar»ida qiz,Shekspirning «Koriolan»ida ayol,O'. Hoshimovning «Qatog'on»ida ayol,Y.Muqimov, X.Rasulovovlarning «Spitamen» da ona, M.Avezovning «Eng suluv kelinchak»ida Zuhra, «Tergov davom etadi»da Farog'at,«O'tgan kunlar»da To'ybeka, kabi yana bir qancha ko'p rollarni mahorat bilan ijro etgani mantiqan chuqur, ijro mahoratining mukammalligi bilan e'tiborga loyiqdir.
   Erkin Xushvaqtov Muqaddas Holiqovaning ijodiy imkoniyatlaridan,fe'l-atvoridan kelib chiqqan holda,bundan 10 yil avval qo'yilgan«Qalliq o'yini» spektaklini hamda «Ko'ngil» pe'yessasini aynan Muqaddas Holiqovaga atab yozdi va bu asarlar teatr sahnasida muvaffaqiyat qozondi.
   Muqaddas Holiqova bir qator videofilmlarda yorqin obrazlar yaratdi.«Alisher Navoiyda»kanizak, Cho'lponning «Kecha va kunduz»,«Bobur» Jahongir Mirzoning onasi,M.Yunusovning«Layli va Majnun»ida enaga,M.Boboyevning«Ko'ngil ko'chalari»da o'quvchining onasi,M.Asadullayevning «Qirq tog'oraning qirq nog'orasi»da Tursinoy,«Shunchaki hazil»da  ayol kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.
   E.Xushvaqtovning «Chimildiq»da xola,«Oshiqlar»,«Nahotki sen», «Boyvachcha», «Amakivachchalar»,«To'ydagi taziya» ,«Taqdir charxpalagi», «Vildon», «Sevginator yohud qaynona operatsiyasi», «Merskivich», «O'jar kelin»kabi filmlarda turli xarakterdagi rollarni ijro etdi. 30-yillik ijodi davomida 100ga yaqin katta-kichik rollar o'ynab mashhur san'atkor sifatida elga tanildi.Uning qo'shiqlar uchun yaratilgan kilplardagi rollari,«Otalar so'zi-aqlning ko'zi»,«Dengizdan tomchi»ko'rsatuvlarida yaratgan obrazlari muxlislar tahsiniga sazovor.
   U san'atda erishgan yutuqlarida ustozlarini o'rni beqiyosligini ta'kidlaydi.Ilk ustozi rahmatli O'zbekiston xalq artisti Ikroma Boltayevadan sahna sirlarini o'rgandi.
   Yana ustozlari Rixsi Ibrohimova, To'ti Yusupova, Yayra Abdullayevalar kabi ulug' yoshda ham sahnada ijod qilishni niyat qiladi.
   Muqaddas Holiqova bir qator mashhur rejissiyorlatlr teatrda O'zbekiston xalq artisti T.Azizov,M.Azimov, Valijon Rahimovlar bilan birga ishlash baxtiga muyassar bo'ldi.Kinoda M.Abzalov,A.Shahobiddinov,Y.To'ychiyev,A.Bekturdiyev,Y.Ortiqov,A.G'aniyev,R.Malikovlar yaratgan filmlarda ishtirok etdi.
  2001-yili «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist» unvoniga sazovor bo'lgan.
 

Kunduzsiz kechalarning bedor kunlari

Блог им. gulchehrabonu
   O'zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tomonidan yozilgan «Kunduzsiz kechalar»nomli dramasi asosida ishlangan spektakl juda ta'sirli,ayniqsa,bosh rolni ijro etgan O'zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon obrazini shu qadar jonli talqin etgan-ki, bu spektaklni ko'rgan tomoshabin o'zini xuddi o'sha yerda bo'lganidek, taassavurini uyg'otadi. Cho'lponning har bir monologini, sherlarini juda ta'sirli ohangda so'zlagani insonlar yuragida vatanga, yorga bo'lgan muhabbatini yanada to'lqinlantiradi.
 

              Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib,
              Eng yaqin yulduzdan seni so'raymen.
              Ul yulduz uyalib,boshini bukib.
              Aytadir:men uni tushda ko'ramen.
              Tushimda ko'ramen-shunchalar go'zal,
              Bizdan-da go'zaldir,oydan-da go'zal!
          
              Ko'zimni olaman oy chiqqan yoqqa,
              Boshlayman oydan-daseni so'rmoqqa.
              Ul-da aytadir:bir qizil yanoqqa
              Uchradim tushimda,ko'milgan oqqa.
              Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal,
              Mendan-da go'zaldir,kundan-da go'zal!

Kompyuter 50 yoshдан kattalar uchun do'stga aylanganda

Блог им. gulchehrabonu
   













   


  Hozirda jadal rivojlangan taraqqiyot davriga kelib kompyuter insonlar tez-tez murojat qildigan samarali texnika hisoblanadi. Ayni 50 yoshdan yuqori bo'lgan insonlar bu texnolagiyadan foydalanishda o'zlarini noqulay sezadilar.Shu maqsadda «ATLASKO-EDU» nodavlat ta'lim muassasi «Tajriba va Innovatsiya» loyihasiни ishlab chiqib  DVV internatsional (Germaniya) tashkiloti ko'magida nafaqa yoshidagi insonlarga kompyuter va mediasavodxonlik bo'yicha aloxida kurslar ishlab chiqishdi.O'zbekistonda bunday loyiha birinchi marta amalga oshirilayotgan bo'lib, «ATLASKO-EDU» nodavlat ta'lim muassasi uchun ham yangi faoliyat yo'nalishi bo'ldi.

UZINFOCOM AXBOROT MARKAZI

Блог им. gulchehrabonu

















    UZINFOCOM axborot markazi hozirda rivojlanib kelayotgan texnik tizimlarni har tomomlama qo'llab-quvvatlaydigan bosh Markaz hisoblanadi.Mustaqilligimizni qo'lga kiritgach butun sohalarda tubdan o'zgarish yuz berdi.Shu jumladan,texnika orqali ishlaydigan ishlarda ham.O'z -o'zidan korhona va firmalarning bunday Markazga ehtiyoji sezildi.Buning natijasida sodir bo'layotgan har qanday o'zgarishlar insonlarga texnika tezkorligini va har taraflama qulayligini taqdim etdi. Ya'ni, dunyoning istalgan burchagidan turib, istalgan vaqtda axborotlarga ega bo'lishga sababchi bo'lgan asosiy baza vazifasini  bajardi.
  Hozirgi kunda mamlakatimiz jahondagi rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kirib borayotgan bir davrda bunda UZINFOCOM Axborot Markazlarini joriy etilishi o'rinli hodisa bo'ldi.Markaz-orqali foydali bo'lgan ishlar va hamkorlikda ishlaydigan sohalarning rivojlanishida ham katta ahamiyat kasb etdi.Mamlakatimizdagi iqtisodiy ham ijtimoiy sohalarni yanada zamonaviy ko'rinishida va kafolatlashda doimo yordamga tayyor.  

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan Muhammadali Abduqunduzov -xalq ardoqlagan sevimli aktyor

Блог им. gulchehrabonu





   Muhammadali Abduqunduzov: «Hayotim davomida nimalarga ulgurdim,nimalarga ulgurmadim.Umr kitobiga xayrli- ezgu ishlarni bitish insonga ham qarz, ham farzdir.60 yillik umr dovonida turib, bosib o'tgan yo'llarimga nazar tashlar ekanman, o'zimga savollar beraman:O'tgan umrni munosib yashadimmi,el-yurt koriga yaradimmi, Vatan haqqini oqlay oldimmi bir farzand sifatida.Bu umr yo'llarida kimlarnidir topdim, kimlarnidir yo'qotdim.Oilali bo'ldim,farzandlar ko'rdim,nabiralarga bobo bo'ldim.Kecha shogird edim — bugun ustozman. Ollohga ming shukuronalar bo'lsin, shu yillar davomida baholu qudrat ota-onam ruhini shod qilishga harakat qildim.Muxlislarga sidqu-dildan xizmat qildim.Bugun shu umr davomida turib meni har doim qo'llab- quvvatlagan,ardoqlagan ulug' xalqimga,buyuk Vatanimga ta'zim qilaman. Bundan buyon ham xalqimga, Vatanimga xizmat qilish baxtidan Olloh meni hech qachon benasib etmasin». 

Qozoq oqini Birjan Sal

Блог им. gulchehrabonu

 
 
 
 
 
 
 
 
    Yaqinda bo'lib o'tgan qozoq kinosi haftaligida «Birjan sal» nomli kinosi berildi.Bu film qozoq oqini Birjan sal haqida bo'lib, uning hayoti va ijodiga bag'ishlangan bo«lib,juda ayanchli qismat bilan yakun topadi.
  Qozoq halqining o'gloni,o'zining jo'shqin qo'shiqlari bilan haykal qoldirgan Birjan Kojaoglu 1831-yili qozoqistonning Kokcheta viloyati Enbekshildar tumani Kojagul ovulida dunyoga keladi.Yoshligidan amakisi qo'lida voyaga yetib uning familiyasini oladi.Ovulma-ovul yurib qo'shiq kuylay boshlaydi.Xudo bergan shirali ovoz va jo'shqin qo'shiqlari uni el ichida tanilishiga sabab bo'ladi.

Ayol...

Блог им. gulchehrabonu

      Hozirgi kunda yurtimiz teatrlarida saviyasi jihatidan ham yuqori spektakllar namoyish etilmoqda.Bugun ana shunday spektakllardan biri  O'zbek davlat drama teatrida bo' lib o'tdi.Zulfiya Qurolboy qizi tomonidan yozilgan «Ayol» deb nomlangan spektakl hikoyalar asosida kompozitsiya shaklida sahnalashtirigan. Bu spektaklida hayotning asosiy nuqtasi ayollar orqali ko'rsatib berigan.Ba'zan ayol farzandlari,yaqinlari baxti uchun o'z baxtidan kechishga ham tayyor.Lekin uning bunday baxtsiz vaziyatga tushishiga bazan nopok kimsalar ta'siri bo'lsa,bazan esa uning o'zi sababchi bo'lib qolishi ko'rsatilgan.
     Ayol-ona,ayol-opa,ayol-singil,ayol-turmush o'rtoq.Ayol zoti tabiatdan juda bardoshli qilib yaratilgan.Aynan bu spektaklda ayol kishining baxti uchun kurashi aks ettirilgan.Bosh roldagi ayol N.Toshmatovaning kiyimlaridan to sochinig turmagigacha uning hayotida bo'lib o'tayotgan qismati bilan uyg'un holda yaratilgan.Bir ayolning baxti birini baxtsiz qilishi mumkin.Bir ayolni boshidan o'tkazganlarini bosh rol ijrochsi yaxshi ochib bergan.Ayollar borki, jamiyatda o'z o'rniga ega.Ayollar bor- pul topaman deb ayolligini yo'qotgan,ayollar bor- uyda o'tirib ham ayolligini yo'qotib qo'ygan.Ayol asli nafosat bekasi.Nima bo'lishidan qat'iy nazar o'zligini anglashi,saqlashi kerak.Chunki,u-ayol. Spektaklni ko'rib men shunday xulosaga keldim.

So'nmas yulduz yog'dusi

Блог им. gulchehrabonu
 

 
      Men teatr haftaligi munosabati bilan o'tkazilgan Nurillo Abbosxon qalamiga mansub, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Valijon Umarov tomonidan sahnalashtirgan«Tanho yulduzim» spektakliga tushdim.Spektaklda bosh rollarni O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Gavhar Zokirova hamda Qahramon Abdurahimovlar ijro etishdi.Asarda bitta inson hayotidan tashqari ikki xotinli Polvon,va hammaga islom dinidan ta'limot beruvchi imomi xatibning hayoti ham aks ettirilgan. «Tanho yulduzginam»da rejissyor mehrga tashna mehrsiz insonlarga ozgina bo'lsa-da mehr ko'rsatish,e'tibor qaratish kerakligi g'oyasini ko'rsatishni istagan.Qariganda hech kimga kerakmas keraksiz buyumdek o'zini his qilish,dardi ichida,dardkashi bo'lmagan yakkalangan ota-ona.O'z hayotini o'ylab ota-onalarini unutib qo'yadigan farzandlar vazifasi aslida qanday bo'lish kerakligi aks ettirilgan zamonaviy spektakl bo'lib, rol ijro etgan har bir qahramonlar juda mos tanlangan.Sahna bezaklari ham inson hayotidagi ranglarga mos.Yumorga boy sahna ko'rinishlari esa bachkana emas.Aytmoqchimanki,spektakl rejissyori yuqorida aytib o'tilgan muammolarni yumor orqali ko'rsatib bergan.
Xullas, spektakl juda ajoyib. U haqida ming marta o'qigandan ko'ra bir marta tomosha qilgan afzalroqdir.

Shavkat Rahmon xotirlab...

Блог им. gulchehrabonu



          12-sentabr  yozuvchilar uyushmasida hammaga yaxshi tanish bo'lgan xalqsevar shoir Shavkat Rahmonga bag'shlangan xotirlash kuni bo'lib o'tdi. Shu bilan birga shoirning«Abadiyat oralab» nomli kitobi taqdimoti ham bo'lib o'tdi. Shuningdek, uchrashuvda shoirning hamma do'stlari, jumladan, Iqbol Mirza, Xurshid Davron, Omon Matjon hamda shoirning oila a'zolari va yana bir qancha ko'plab shoirlar Shavkat Rahmon bilan bog'liq bo'lgan o'z hikoyalarini eslab xotirlashdi. Haqiqatdan ham Shavkat Rahmoning ijodiga havas qilsa arziydi. Chunki uning sherlarida vatanparvarlik hissi sezilib turadi. Dabdabadan ham ancha yiroq. Qolaversa, saviya jihatidan ham ahamyatli.

O'zbekistonda xalq artisti Nabi Rahimov

Блог им. gulchehrabonu
  Yaqinda  bo'lib o'tgan Nabi Rahimovning 100 yilligiga bag'ishlangan yubiley kechasi menga juda ham yoqdi. Bu yubileyda aktyorning hamkasblari, shogirdlari va juda ham ko'p tomoshabinlar kelishdi.Tomoshabinlarga «O'zbekkino» milliy agentligi tomonidan taqdim etilgan Nabi Rahimov haqidagi kichik videorolik havola etildi. Bu video rolikni bizni blogda ko'rishingiz mumkin. Yubiley yana bir bor hamma san'atkorlarni diydorlashishiga sabab bo'ldi. Nabi Rahimovni eslab ko'p yaxshi gaplar aytildi.
Haqiqatdan ham juda yaxshi aktyor edi. O'zidan keyin ancha shogirdlar qoldirdi. Nabi Rahimov teatr va kinoda ijro etgan rollari orqali xalqimiz qalbida mangu barhayot.

Kuz ohanglari

Блог им. gulchehrabonu

 










     O'lkamizga o'z husn tarovatini yoyib kuz kirib keldi. Men fasllar ichida kuzni to'kinlik, sokinlik va yana tushunib bo'lmaydigan qandaydir birtabiatning  takrorlanmas tufhasi deb qabul qilaman. Ishonmasangiz kuzda tabiat qoyniga yoki oddiy shahar bog'lariga chiqib tabiatni kuzating, undagi ajib bir takror-takror yangrayotgan kuz ohanglarini tinglaysiz. Darahtlar, qushlar go'yoki hamma jonzotlar faslni kuy ohanglarida tarannum etayotgandek bo'ladi go'yo...

Madaniyat va sport sohasidagi saytlar haqidagi qarashlar

Блог им. gulchehrabonu
     Bugungi kunda hayotimizni internetsiz tasavvur qilish mushkul. Internet tarmog'iga qiyinchiliksiz ulanish va ma'lumotlarga tezkor ega bo'lish imkoniyati mustaqil O'zbekistonimizning barcha xonadonlarida mavjud. Internet tarmog'ining mavjudligi bir qancha yangi-yangi saytlar ochilishiga turtki bo'ladi, shu sababdan hozirgi kunda O'zbekistonda ham turli xil sohadagi saytlar faoliyat olib bormoqda. Bu maqolada madaniyat va sport sohasidagi saytlar haqida mulohaza qilamiz.

*****************************************************************


      Saytning tashkil etilgan yili: 2011 yil